O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi ma’lum qilingan bo‘lib, “Krasnodar” klubi sport direktori muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor ekanini qayd etgandi.
So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Ahmedovning xizmati bilan Xitoyning “Shandong Luneng” futbol klubi jiddiy qiziqmoqda. “Championat.asia”ning xabar berishicha, “Krasnodar” Ahmedovni 9 million yevroga sotishni mo‘ljal qilgan. Xitoy tomoni esa futbolchi uchun 8—9 million yevro atrofida to‘lashga tayyor.
Tomonlar yaqin kunlar ichida Pekinda muzokara o‘tkazishi mumkin. U ijobiy hal etilsa, Odil Ahmedov Rossiya Premyer-Ligasidan Xitoy Super Ligasiga ko‘chib o‘tadi.
Ayni vaqtda Anzur Ismoilov va Yegor Krimets kabi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga a’zo futbolchilar ham Xitoy Super Ligasida to‘p suradi. Biroz oldinroq Igor Sergeyevning Chin o‘lkasidagi yarim yildan so‘ng “Paxtakor”ga qaytib kelgani haqida xabar chiqqandi.