Kamchatkadagi eng shimoliy Shiveluch vulqoni otildi va kuli dengiz sathidan 11 kilometr balandga ko‘tarildi. Bu haqda Rossiya FVVning Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Vulqon otilishi 10-dekabr, shanba kuni ertalab qayd etildi. Uning izi vulqondan 106 kilometr shimoli-sharqqacha yetib bordi. Bu yo‘nalishda aholi punkti yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
FVV sayyohlik kompaniyalariga vulqon atrofiga sayohat uyushtirmaslikni tavsiya etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)