Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni xaridorlarga OPEK qarori munosabati bilan 2017-yil yanvarida neft yetkazib berish qisqarishi haqida ma’lum qildi. Bloomberg mamlakatning Aramco kompaniyasi mijozlari tegishli bildiruv olganini ta’kidlamoqda, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: National Business

Foto: National Business

PIRA Energy Group manbalariga ko‘ra, bildiruvda yetkazib berishning qisqarish hajmi turlicha bo‘lishi ma’lum qilingan. Biroq Shimoliy Amerika davlatlaridagi mijozlarga bu ko‘proq taalluqli bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, OPEK 8 yil mobaynida birinchi bor neft qazib olish hajmini sutkasiga 32,5 million barrelgacha kamaytirish haqida qaror qabul qildi. 10-dekabr kuni tashkilot unga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan shunday bitim tuzishi kutilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda hokim yordamchisi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat biroz pasayadi
Shou-biznes
Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi