Janubiy Koreya milliy mudofaa vaziri Xan Min Gu mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilinganidan so‘ng qurolli kuchlar jangovar tayyorgarligini kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yonhap agentligiga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyatda Shimoliy Koreya tomonidan fitnalar uyushtirilishi ehtimoli tufayli shunday qaror qabul qilindi. Shuningdek, Xan Min Gu qurolli kuchlar bosh qo‘mondonligi bilan telekonferensiya o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya parlamenti mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qildi. Buni 300 nafar deputatdan 234 nafari ma’qulladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)