Hindiston va Vyetnam tinch atom sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Hujjatga Vyetnam milliy assambleyasi raisi Nguyen Txi Kim Nganning Nyu-Dehliga tashrifi chog‘ida qo‘l qo‘yildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hindiston Vyetnam fuqarolik yadro tarmog‘iga birinchi hukumatlararo kelishuv imzolangan 1986-yildan beri yordam berib keladi. Bu vaqt mobaynida Xanoy tadqiqot reaktoriga ega bo‘ldi, hind mutaxassislari mahalliy olimlarning MAGATE doirasidagi treninglarida ishtirok etdi.
Yangi kelishuv vyetnamlik mutaxassislarni doimiy asosda tayyorlash, shuningdek, yadro energetika sohasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borishni ko‘zda tutadi.
Ma’lumot uchun, Vyetnam Hindiston atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish borasida shartnoma tuzgan 14-davlat bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)