Ekvatorial Afrikadan kamida 400 muhojir Marokash hududini Ispaniyaning Seuta anklavidan ajratib turuvchi himoya to‘sig‘ini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”. Mahalliy OAV ushbu yorib o‘tishni so‘nggi o‘n yil ichidagi eng yirigi deb atadi. Ispaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, uning natijasida ikki chegarachi yarador bo‘lgan.
Mahalliy televideniye namoyish qilgan kadrlarda o‘nlab muhojirlar to‘siqdan muvaffaqiyatli tarzda o‘tganini nishonlayotganini, shu bilan bir vaqtda ularning ba’zilari bemajol tarzda qo‘l va oyoqlaridagi jarohatlar bilan ko‘chalarda yotganini ko‘rish mumkin.
Chegarani kesib o‘tganlarning ko‘pchiligini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo to‘siqni yorib o‘tganlarning beshdan bir qismi hozircha bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritildi.
Izoh (0)