Bolgariyaning Shumen shahrida yuz bergan temir yo‘l avariyasi qurbonlari xotirasiga 12-dekabr, dushanba mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilinadi. Bu haqda hukumat axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Boyko Borisovga ko‘ra, hozirda mazkur avariya oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. 30 kishi jarohatlandi, ulardan 3 nafarining holati o‘ta og‘ir. Hodisa joyini mamlakatning saylangan prezidenti Rumen Radev ko‘zdan kechirgani bildirilmoqda.
Falokat yuz bergan manzilda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Shikastlanmay qolgan sisternalardan gazni chiqarib olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xitrino temir yo‘l stansiyasi yaqinida yashovchi mingga yaqin kishi vaqtincha evakuatsiya qilinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)