Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvida yapon tomoni davlatlar o‘rtasidagi viza tartibini yengillashtirishni muhokama etish niyatida. O‘zgarishlar faqat uzoq muddatli vizalarga tegishli bo‘ladi. Bu haqda Asahi manbalariga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Gazetaga ko‘ra, vizalarning amal qilish muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. Shu tariqa yapon hukumati Rossiyaga nisbatan 2014-yilda joriy etilgan sanksiyalarni yumshatadi.
Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidentining mamlakatga tashrifi rasman ma’lum qilingan press-relizni chop etdi. Unga ko‘ra, Putin 15—16-dekabr kunlari mamlakatda bo‘ladi va Tokio hamda Nagatoga tashrif buyuradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)