Yaponiyaning Osaka va Yokogama shaharlari mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Yaponiya chempioni sifatida ishtirok etayotgan “Kashima Antlers” 1/8 finalda Yangi Zelandiya va Okeaniya chempioni “Oklend Siti”ga qarshi saf tortdi va irodali g‘alabaga erishdi.
Bellashuvda hisob Okeaniya vakili tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda yaponiyalik futbolchilar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va ¼ finalga yo‘l oldi.
¼ final o‘yinlari 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Kashima Antlers” Afrika qit’asi chempioni hisoblangan “Memelodi Saundauns” bilan to‘qnash keladi. Osiyo chempioni “Chonbuk Motors” esa KONKAKAF vakili — Meksikaning “Amerika” klubiga qarshi saf tortadi.
Yevropa chempioni “Real Madrid” va KONMEBOL yetakchisi “Atletiko Nasyonal” turnirga yarim final bosqichidan qo‘shiladi.
Klublar mundiali 1/8 final 8-dekabr, payshanba
Izoh (0)