“Taxtlar o‘yini” teleserialida o‘ynagan britaniyalik aktyor Piter Von 93 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Interfaks” Daily Mail gazetasiga tayanib.
“U xotirjam holatda, o‘z oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumdi”, — dedi marhum aktyorning agenti.
Von 75 yildan ortiqroq vaqt davomida turli teatr postanovkalarida, shuningdek, televideniye va kinoda rollar ijro etdi.
Eng katta mashhurlikni Vonga “Taxtlar o‘yini” serialidagi meyster (olim va tabib) Eymon Targariyen roli hamda 1970-yillarning “Suli bo‘tqasi” komediyali serialidagi roli keltirdi.
Izoh (0)