Amerikaning Forbes nashri 2016-yilning eng yosh self-made (muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan) milliarderini aniqladi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bu safar u Stripe to‘lov onlayn servisi asoschilaridan biri Jon Kollison bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, u 2015-yilda reytingda yetakchilik qilgan Snapchat hamasoschisi Evan Shpigeldan ikki oyga kichik.
Shuningdek, nashr qayd etishicha, ayni paytda dunyoda 30 yoshdan oshmagan self-made milliarderlar soni atigi to‘rttani tashkil qiladi. Shpigel bu yil ikkinchi o‘rinda joylashdi, undan keyingi pog‘onani reyting yetakchisining 28 yoshli akasi — Patrik Kollison egalladi, yuqori to‘rtlikni Snapchat asoschilaridan biri Bobbi Myorfi yakunladi.
Ro‘yxat ishtirokchilarining har biri 1,1 milliard dollardan ko‘proq davlatga ega.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Stripe hamasoschilari bo‘lgan aka-ukalarning har biri kompaniyaning kamida 12 foizlik ulushiga egalik qiladi.
Izoh (0)