Xitoy shimoli-sharqidagi Xeylunszyan provinsiyasi, Sitayxe shahar okrugidagi ko‘mir konida yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi yer ostida qolib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 29-noyabr, seshanba kuni kechki payt ro‘y berdi. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xitoy konchilik sohasi dunyo bo‘yicha eng xavfli sanaladi: har yili mamlakat konlarida minglab odamlar halok bo‘ladi. Fojialarning aksariyati xavfsizlik texnikasiga rioya etilmaslik tufayli yuz beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)