Ozarbayjon prezidenti obro‘si va sha’nini badnom qilish yoki tushirishga urinish qattiq jinoyatga aylandi. Bunday qarorni mamlakat parlamenti bosh prokuror Zokir Garalov taklifi bilan qabul qildi, deb yozadi “RBK”.
Bungacha Ozarbayjon qonunchiligida prezidentni ommaviy axborot vositalarida haqorat qilish uchun jazo tayinlanishini ko‘zda tutar edi. Endi ushbu moddaga “axborot internet manbalari” termini ham qo‘shildi. Qonunbuzarlarni 500—1000 manat (920 000—1 800 000 so‘m) miqdoridagi jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki bo‘lmasa ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari kutadi.
“Internetdagi axborot manbalari”da soxta ism, profil yoki akkaunt bilan prezidentga qaratilgan haqoratlarni tarqatish bilan shug‘ullanadigan kimsalarga yanada jiddiyroq jazo ko‘zda tutilgan. Ular 1000—1500 manat (1 800 000—2 800 000 so‘m) jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)