AQSh Maxfiy xizmati (davlatning birinchi shaxslari, jumladan yangi saylangan prezident Donald Trampning xavfsizligi uchun javobgar) Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Trampni o‘ldirish haqida tahdid qilib post yozib qoldirgan erkak bilan suhbatlashdi, deb yozadi “TASS”.
TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat vakillari erkakning uyiga shu oy avvalroq tashrif buyurgan. Uchrashuvda Ogayo shtati Grin okrugi sherifi yordamchisi ham qatnashgan. Ismi Mika (familiyasi oshkor etilmayapti) bo‘lgan amerikalik aslida u yozgan post hazil bo‘lganini va u Trampga zarar yetkazish niyatida emasligini ta’kidlagan.
Ushbu post 14-noyabr kuni yozilgan edi. Mika ijtimoiy tarmoqqa “Trampni o‘ldirish” so‘zlaridan iborat grafik kollajni joylashtirgan. Maxfiy xizmat xodimlari bu xabarni tahdid sifatida baholagan, ammo erkakning izohi ularni qoniqtirgan.
Izoh (0)