Ekvador prezidenti Rafael Korrea o‘z hukumatining barcha vazirlaridan iste’foga chiqishni so‘radi. Bu haqda Korrea Gavanaga uchib ketishidan oldin ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hukumat iste’fosining aniq sabablari keltirilmayapti, ammo Telegrafo portali o‘z manbalariga tayanib yozishicha, bu “vazirlar mahkamasini kislorod bilan to‘yintirish uchun” qilingan. Bu lavozimlarga kimlar tayinlanishi Korrea Gavanadan qaytgach ma’lum bo‘ladi.
Korrea o‘zining vazirlar mahkamasiga bunday so‘rov bilan so‘nggi marta 2014-yilda — mahalliy saylovlar hukmron partiya uchun omadsiz natija ko‘rsatgan vaqtda murojaat qilgan edi. O‘shanda ham prezident iste’fo sababini izohlar ekan, “hukumatga kislorod zarur”ligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)