“VIA Sharq” guruhi xonandalari Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva ota-onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Juda ham baxtliman! Shu kunlarga yetkazganiga shukr!”, — deb yozgan xonanda Sarvar Akbarov Instagram’da sahifasida qoldirgan xabarida.
“Qalampir.uz” nashrining yozishicha, “Sharq” guruhi 2001-yili Sarvar Akbarov va Murod Rahmatullayev tomonidan tashkil etilgan.
Keyinchalik Sarvar Akbarov guruh uchun ayol xonanda izlashni boshlaydi va 2008-yili Tatyana Zayseva guruhga qo‘shiladi.
“Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurgan. Bu ularning to‘ng‘ich farzandi”, — deb yozadi “Qalampir.uz” nashri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)