Amerikaning kreativ roliklari bilan mashhur bo‘lgan OK Go musiqiy guruhi 4,2 soniyalik klip ishladi, deb yozadi TJournal. U keyin butun qo‘shiq davomiyligiga moslab “cho‘zildi”.
The One Moment (“Bir lahza”) nomli trek uchun jamoa “Matritsa” filmidagi mashhur sahna uslubida suratga olingan rolikni tayyorladi. Ammo ko‘p sonli kameralar o‘rniga, musiqachilar o‘zi bittagina bo‘lsa ham, tezkor harakat qilib, tezlashtirilgan rejimda suratga oladigan kameradan foydalandi.
Musiqachilar aytishicha, ular tayyorgarlikka eng ko‘p vaqt sarflagan. 4,2 soniya ichida ekranda 325 ta turli voqea sodir bo‘ladi, ularni tomoshabinlar rolikning sekinlashtirilgan versiyasida ko‘rishi mumkin.
Video shunchaki klip bo‘lib qolmay, Morton Salt tuzi brendining reklamasi hamdir.
Izoh (0)