AQSh Federal qidiruv byurosi xodimlari shu yilning sentabrida samolyot bortida asrandi o‘g‘li Meddoks bilan janjal chog‘ida unga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda gumon qilingan Gollivud yulduzi Bred Pittga nisbatan tekshiruvni to‘xtatdi, deb yozadi “TASS” TMZ’ga tayanib.
Uning manbalariga ko‘ra, FQB aktyor o‘g‘liga nisbatan shafqatsizlik qo‘llagani borasida hech qanday dalil topa olmagan. Pittga hech qanday ayblov qo‘yilmadi. Shunga o‘xshash xulosaga Amerikaning Los-Anjeles shahri Oilalar va bolalar ishlari bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham kelgan edi. Ular mustaqil tarzda tekshiruv olib borgan.
TMZ ta’kidlashicha, hukumatning bunday qarori Pittga uning olti farzandi ustidan Joli bilan teng huquqda vasiylik qilishga erishish niyati borasida ustunlik beradi. Ayni paytda ular onasi bilan birga yashamoqda, ota esa ular bilan ba’zan ko‘rishib turish huquqiga ega. Pitt bolalari u bilan birga yashay olishini istaydi.
Izoh (0)