• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ozodbek Nazarbekov shogirdi Bahrom Nazarovga tanbeh berdi

    Xonanda Bahrom Nazarov 26—27-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Baxt uchun” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Konsertning birinchi kunida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad Bahrom Nazarovning chiqishini zalning 15-qatoridan o‘tirib kuzatgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning dastur haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov xonanda Bahrom Nazarovning ustozi sanaladi.

    — Bahrom Nazarovning avvalgi konsertida ham kuzatganman, bu yil ham aynan shunga guvoh bo‘ldim: shogirdingiz konsertini orqa qatorlarda o‘tirib kuzatasiz. Buning sababi nima?— Shogirdlarning konsertlarini iloji boricha orqaroq qatorlarda o‘tirib kuzatishga harakat qilaman. Chunki shu yerdan xonandaning sahna bilan, tomoshabinlar bilan bog‘lanishini yaxshiroq tomosha qilish, jarayonga to‘g‘ri va aniq baho berish imkoni bor.

    — Bahrom Nazarovning o‘tgan yilgi konserti muxlislar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. O‘shanda ham konsert kunlari davomida shogirdingizga uning xato-kamchiliklarini aytib turgan edingiz. Xonandaning bu galgi konsertida qanday kamchiliklarni ilg‘adingiz?— O‘ziga yarasha kamchiliklar bor. Eng katta kamchilik — jamoaning ham, Bahromning ham kayfiyati pastligi bo‘lsa kerak, menimcha. Bu Bahromning bor-yo‘g‘i ikkinchi konsert dasturi, shuning uchun unda hayajon hali ham kuchli bo‘lishi tabiiy. Xonanda sahnani o‘ziniki qilib olishi, unda erkin harakatlanishi uchun ko‘p yillik tajriba kerak. Qanchalik tanbeh berganimni o‘zingiz ham ko‘rdingiz, konsertning ikkinchi kunida ancha o‘zgarish bo‘lishiga aminman.

    — Sizningcha, konsertda unga ortiqchalik qilgan, unga kerak bo‘lmagan birorta qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishi bo‘ldimi?— Konsert boshida boshlovchining sahnaga chiqib, “Konsert dasturimizni boshladik, hozir sahnaga Bahrom Nazarovni taklif qilamiz!”, degan gaplarni aytishiga hojat yo‘q edi. Chunki bu gala-konsert emas, odamlar kimning konsertiga kelganini yaxshi biladi. Parda ochilishi bilan xonanda sahnaga chiqib, muxlislar bilan salomlashib, qo‘shiq kuylashi kerak edi.

    — Shogirdingiz Bahrom Nazarovning bu galgi konsertida yutuq tomonlari ham bormi?— Repurtuar juda chiroyli! Ayniqsa, g‘azallar asosida kuylagan qo‘shiqlar, klassik adabiyotga murojaat qilgani juda yaxshi. Biri biridan go‘zal ijod namunalarini muxlislarga yetkazib bera olish — muhim ahamiyatga ega va zamonaviy xonandaning vazifalaridan biri. Konsertdagi yangi qo‘shiqlarni bir kuylashning o‘zidayoq muxlislarga yoqadigan darajada havola qilish juda qiyin. Sababi, qo‘shiq hali reklama qilinmagan, qo‘shiqqa nisbatan ko‘pchilikning fikri o‘rganilmagan bo‘ladi. Yangi qo‘shiqni muxlislar yaxshi qabul qilish uchun qo‘shiqqa bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish lozim, bu esa bevosita xonandaga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Yuki bor qo‘shiqlarni shunchaki kuylab, navbatdagi qo‘shiqqa o‘tib bo‘lmaydi.

    — “Dizayn” jamoasining: “Jonli ijroda kuylay olasizmi?”, degan savoliga javoban Bahrom Nazarov sizning xit darajasiga chiqqan “Majnuntolning novdalari” qo‘shig‘ingizni kuylab berdi. Bu jonli ijroga munosabatingiz qanday? Har xolda, qo‘shiqning asl egasi sifatida ijrochining xato va kamchiliklarini boshqalarga nisbatan aniqroq ko‘rishingiz tabiiy.— Bahrom ikki soatlik konsertni 100 foiz jonli ijroda bemalol o‘tkaza olishiga ko‘zim yetadi. U ko‘plab davralarda jonli ijroda kuylab yurgan, jonli ijroda suyagi qotgan shogirdlarimdan. Bugungi ijrosi ham yaxshi bo‘ldi. U bugun jonli ijroda kuylab yurgan Bahrom Nazarov uchun jonli ijroda kuylashning qo‘rqinchli tomoni yo‘qligini yana bir karra isbotladi. Shunchalik kuylay olar ekan, unda nega 100 foiz jonli konsent bermaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Savolning javobi — jonli ijroda konsert berishning boshqa texnik talablari bor, yosh xonandalarning o‘sha talablarga javob berishga kuchi yetmayapti. Bu ko‘proq moliyaga borib taqaladigan muammo — jonli ijroda bo‘ladigan ikki soatlik konsert uchun har bir sozanda kamida uch oy mehnat qilishi kerak. Dasturda 20 sozanda qatnashsa, ularni to‘plash, ovqatlantirish, maoshini to‘lash — barcha-barchasi xonandaning yelkasida bo‘ladi. Shunday jihatlari borligi sabab, bugun nafaqat Bahrom Nazarov, boshqa ko‘plab yosh, zabardast xonandalarimiz jonli ijroda konsert berishga jur’at qila olmayapti.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    27.11.2016, 18:48   Izoh (0)   161117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktrisa Shahzoda Matchonova Turkiyaga jo‘nab ketdi: Uning turmush o‘rtog‘i o‘zidan besh yosh kichik futbolchi bo‘lib chiqdi

    27.11.2016, 18:40

    Bahrom Nazarovning konsert dasturidan fotoreportaj

    27.11.2016, 17:35

    OK Go musiqiy guruhi o‘z klipini 4,2 soniya ichida suratga olib, unga 325 ta voqeani sig‘dirdi (video)

    24.11.2016, 09:32

    FQB Bred Pittning o‘g‘liga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani borasidagi tekshiruvni yopdi

    23.11.2016, 10:58

    Yosh Obama haqidagi film treyleri chiqdi (video)

    22.11.2016, 11:23

    Gollivud yulduzlari makiyajsiz holda ommaviy selfiga tushdi

    22.11.2016, 09:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55

    Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ommaviy targ‘ibotni kuchaytirdi - NBC

    Dunyo | 16 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.