Toshkentda Andersen ertaklari asosidagi “Qor malikasi” Yangi yil myuzikli namoyish etiladi, deb yozadi UzDaily. Myuzikl 24-dekabrdan 26-dekabrgacha va 8-yanvardan 10-yanvargacha “Istiqlol” san’at saroyida qo‘yiladi.
Jajji tomoshabinlarni, shuningdek, ularning ota-onalarini to‘liq yangilangan spektakl kutmoqda. Myuzikl postanovkachi rejissori Husan Solihovning aytishicha, bu yil aktyorlar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lgan. Rossiya televideniyesining “Golos. Deti” loyihasi ishtirokchisi Shuhrat Turdixo‘jayev myuziklda rol ijro etadi.
Shuningdek, o‘tgan yildagi kabi, Sardor Milano “Qor malikasi”da mehribon ertakchi rolini o‘ynaydi.
Ayni paytda repititsiya jarayoni avjida. Kostyumer dizaynerlar ertak qahramonlariga liboslar tikmoqda, shuningdek, yangi dekoratsiyalarni yaratish ishlari bormoqda.
Izoh (0)