Kosta-Rika hukumati 27-noyabr, yakshanba kuni o‘tgan hafta o‘rtasida kuzatilgan “Otto” dovuli natijasida o‘n kishi halok bo‘lgani va mamlakatga ulkan moddiy zarar yetganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Nashr eslatishicha, avvalroq to‘qqiz kishining o‘limi haqida xabar berilgan, mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan edi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 11 ming kishining mulkiga zarar yetgan, 2,7 ming kilometr yo‘lga shikast yetgan. Qayta tiklash ishlari 13 million dollarga tushishi taxmin qilinmoqda.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Kosta-Rika prezidenti Luis Gilyermo Solis 12 ta vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan odamlarni suv va ozuqa bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelganini aytgan.
Ayni paytda jabrlangan hududlarga yordam samolyot va vertolyotlar orqali yetkazilmoqda.
Izoh (0)