Xitoyning janubiy qirg‘og‘iga “Tokage” to‘foni yaqinlashayotgani tufayli shiddatli shamol yopiriladi. Davlat observatoriyasi 27-noyabr, yakshanba kuni xavfning “sariq” darajasini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Tokage” Janubiy Xitoy dengizida mahalliy vaqt bilan soat 5:00 da qayd etildi va shimolga soatiga 5–10 kilometr tezlikda harakatlanmoqda.
Sinoptiklar bashoratiga ko‘ra, dushanbadan boshlab to‘fon yo‘nalishini o‘zgartiradi va kuchini yo‘qotib, janubi-g‘arbga qarab harakatlana boshlaydi. Chjetszyan, Futszyan, Guandun, Xaynan provinsiyalari, shuningdek, Guansi-Chjuan avtonom tumanining sohilbo‘yi hududlari tabiiy ofat zarbasi ostida qoladi.
Sinoptiklar rasmiylarga zarur choralarni ko‘rish, dengizdagi kemalarga esa portlarga qaytishni tavsiya qildi.
Izoh (0)