Liviya milliy kelishuv hukumatining kamida sakkiz nafar harbiy xizmatchi 26-noyabr, shanba kuni Sirt shahrida IShID jangarilari bilan qurolli to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Misurata shahri markaziy kasalxonasi ma’lumotiga ko‘ra, hukumat kuchlarining Sirtga hujumi chog‘ida 17 nafar harbiy xizmatchi yaralandi. Operatsiya davomida G‘izo-Bahriya dahasidagi 30 ga yaqin uy jangarilardan qaytarib olindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)