Suriya armiyasi ko‘ngillilar ko‘magida terrorchilarning Aleppo sharqidagi eng yirik tayanch nuqtasi bo‘lgan Masokin-Xanano kvartali ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Hukumat qo‘shinlari bir necha kundan buyon “Jaysh al-Fath” ekstremistik guruhi qo‘lidagi kvartalni qamal qilib kelayotgan edi. 21-noyabr kuni askarlar birinchi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi, bugun, 26-noyabr kuni esa kvartal butunlay ozod qilindi.
Harbiy xizmatchilarning bir qismi kvartalni tozalash uchun qoldirildi, asosiy qo‘shinlar esa keyingi strategik punkt — Haydariya kvartaliga yo‘l oldi.
Izoh (0)