Xitoyning Xanchjun shahrida 58 yoshli erkakning bolta bilan hujum qilishi tufayli 9 kishi, jumladan, 7 nafar bola jarohatlandi. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgani bildirilmoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak bolalarga sinfdan tashqari ta’lim markazida tashlangan. Jabrlanganlar orasida 5 nafar birinchi va 2 nafar uchinchi sinf o‘quvchilari bo‘lgan. Ular hujumga duch kelgan payt tushlikka to‘plangandi.
Shuningdek, jinoyatchi hodisa joyidan yashirinishga urinishi chog‘ida ikki o‘tkinchini ham yaraladi. U mazkur qilmishini o‘g‘rilik qilgani sababli ikki bor politsiyaga tushgani uchun jamiyatdan qasdini olmoqchi bo‘lgani bilan izohlagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)