Nyu-York birjasida oltinning narxi 2016-yil fevralidan beri birinchi marta unsiyasi uchun 1200 dollardan pasaydi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Shu tariqa bozor AQSh fond bozorida indekslar o‘sishi, ijobiy statistika ma’lumotlariga munosabat bildirdi. Qolaversa, treyderlar dekabrdagi yig‘ilishda AQSh federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkasi oshirilishini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Nyu-Yorkning Comex birjasida dekabrda yetkazib beriladigan oltin qiymati 1,3 foizga pasayib, unsiyasi uchun 1195,90 dollarni tashkil etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)