• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uy-joy va kommunal xizmatlar zamonaviy, arzon va sifatli bo‘lishi lozim!

    Bugun mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir muhim siyosiy imtihon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zXDP MK Matbuot xizmati.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    Mazkur saylov mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqea hisoblanishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston XDP o‘zining X qurultoyida mazkur siyosiy jarayonda partiyaning munosib ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya kabi xalq demokratiyasi tamoyillariga amal qilgan holda, O‘zbekiston tanlagan yo‘lni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirilayotgan siyosatni izchillik bilan davom ettirish, saylovchilarning demokratik ongu tafakkurini oshirish, fuqarolarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, o‘zgarish va yangilanishlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, umuman olganda saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasida muhim vazifalarni belgilab oldi.

    Turmushimiz sifatini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri, shubhasiz, uy-joy masalasi, kommunal xizmatlarning barcha uchun maqbulligidir. Kommunal xizmat ko‘rsatishning rivojlangani nafaqat jamiyat madaniyati, maishiy turmush tarzi darajasini ifoda etadi, balki iqtisodiy salohiyat o‘sishi va investitsiyalar jalb qilish uchun ham muhim shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Aynan shuning uchun ham uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlar respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi.

    Shularning barchasini hisobga olib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonov uy-joy va kommunal sohaga tegishli muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq aniq tashabbuslarni ilgari surayapti.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘tkazilgan tahlillar bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uy-joy-kommunal sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shunga asoslanib, Xatamjon Ketmonov o‘z Saylovoldi dasturida bu masalalar muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Kommunal sohada raqobat muhitini yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar aks ettirildi.

    Shunday qilib, Xatamjon Ketmonov saylovoldi dasturida tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligi g‘oyasi ilgari surilmoqda. Albatta, mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan manzilli ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholi, shu jumladan, uning kam daromadli qatlamlari uchun birlamchi ehtiyoj bo‘lgan tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlashdan iboratdir. Nomzod bu masalada mustaqil taraqqiyot yillarida erishilgan natijalarni yuqori baholaydi va ijtimoiy ahamiyatga molik tovar hamda xizmatlarga narxlarning shakllanishi ustidan davlat nazorati samaradorligini yanada oshirish tarafdoridir. Kommunal xizmatlarning narxlari, tariflari o‘sishi esa oylik maosh, pensiya, stipendiyalar hamda ijtimoiy nafaqalarni oshirish ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lmasligi zarur, deb hisoblaydi.

    Shu maqsadda Xatamjon Ketmonov ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan subyektlarning monopolistik faoliyatini cheklashga yo‘naltirilgan siyosat samaradorligini oshirish zarurligini, uy-joy va kommunal xizmatlar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand, kam daromadli qatlamlari uchun maqbul bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat boshqaruvini kuchaytirish kerakligini alohida ta’kidlaydi.

    Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qishloq aholi punktlarida zamonaviy loyihalar asosida uy-joylar qurishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar aholi turmushi va yashash tarziga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ishlarni izchil davom ettirish bilan birga, uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, buning uchun zarur bo‘lgan muhandislik va ijtimoiy infratuzilmani jadal taraqqiy ettirilishiga erishish nomzodning asosiy diqqat markazidadir. Bu esa aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand, kam daromadli qatlamlarining ham sifatli uy-joy sharoitlari, ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

    Kommunal xizmatlar va ko‘p qavatli uylarda turar joydan foydalanish xarajatlarining ijtimoiy maqbulligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egadir. Shu munosabat bilan Xatamjon Ketmonov tarmoq muhandislik infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan kommunal xizmatlarni ko‘rsatishning arzon va muqobil turlarini rivojlantirish g‘oyasini ilgari surmoqda. Shuningdek, tabiiy monopoliya sub’ektlari bo‘lgan korxonalarning xizmatlari, jumladan, elektr va issiqlik quvvati, gaz ta’minoti, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlariga narx va tariflarni o‘rnatishning iqtisodiy asoslangan aniq mezonlarini ishlab chiqish tarafdoridir.

    Mamlakatimizda uy-joy va kommunal sohasi bo‘yicha munosabatlarni tartibga solish, bu boradagi huquqiy asoslarni yaratish maqsadida tegishli qonunlar, hukumatning qator qarorlari qabul qilingan hamda tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida esa mavjud qonunlarimizning ko‘pchiligini ularni qo‘llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlangan. Demak, uy-joy-kommunal sohasidagi qonunchilikni rivojlantirish Xatamjon Ketmonovning o‘z saylovoldi dasturida belgilangan asosiy vazifalardan biridir.

    Bu sohada ishlab chiqiladigan yangi qonun hujjatlari yuqoridagi muammolar bilan birga, kommunal sohaga zamonaviy texnologiyalarni kiritishni yanada jadallashtirish, kommunal xo‘jaligi xizmatlarini tashkil etishda, kommunal xizmatlar narxlarining o‘zgarishi, xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilishi kabi muammolarni samarali hal etishga ham xizmat qilishi kerak.

    Shu bilan bir qatorda sohadagi ayrim korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq ba’zi muammolar uchrab turganligi ham sir emas. Sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish orqali ularga samarali yechim topish imkoniyatlari juda katta. Tobora shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan bugungi kunning o‘zi kommunal xizmat xodimlarining ish jarayonlariga axborot tizimlarini qo‘llash va ularning mas’uliyatli ishini avtomatlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining qo‘llanilishi esa kommunal to‘lov hisob-kitoblariga ketadigan xarajatlarni kamaytirish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun ham, aholi uchun ham katta qulayliklar tug‘diradi.

    Shu ma’noda, mamlakatimizda uy-joy va kommunal xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilikni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish zarur. Bularning barchasi uy-joy va kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada zamonaviylashtirish, ularning arzon va sifatli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz bering!

    Reklama huquqi asosida

    23.11.2016, 10:30   Izoh (0)   7258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sunya Choy: Butun dunyodan kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini namoyish etadi

    22.11.2016, 22:03

    Robert Blum: Prezidentlik saylovi siyosiy barqarorlik va qonun ustuvorligi kafolatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi

    22.11.2016, 15:22

    BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Toshkent viloyatida to‘rtta meteostansiya o‘rnatiladi

    22.11.2016, 11:34

    Moliya vaziri Rustam Azimovning virtual qabulxonasi ochildi

    22.11.2016, 11:16

    “Agrobank” ATB veb-saytida virtual qabulxona ish boshladi

    22.11.2016, 09:43

    O‘z qo‘shnilaringizni tanimasdan nimalarnidir yo‘qotayotganingizni bilasizmi?

    22.11.2016, 09:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.