Myanmaning Xitoy bilan chegarasidagi Shan shtatida 20-noyabr, yakshanba kuni bir paytning o‘zida harbiylar va politsiya postlariga hujumlar uyushtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kuch tizimi xodimlarining tayanch punktlariga hujumlarda uch isyonchi qurolli guruh — Kachin mustaqilligi armiyasi, Myanma milliy demokratik alyansi armiyasi va Taang milliy ozodlik armiyasining 600 dan ortiq a’zosi qatnashdi.
Jangarilar bir necha ko‘prik va binolarni portlatdi, biroq harbiylar va politsiyaning qarshi hujumidan so‘ng ortga chekinishga majbur bo‘ldi.
Hozirda bir fuqaroning halok bo‘lgani va 6 kishining jarohatlangani tasdiqlangan. Hujum qilganlar va mamlakat kuch tizimlari xodimlari safidagi yo‘qotishlar haqida ma’lum qilinmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)