Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida 120 kishining o‘limiga olib kelgan tezyurar poyezd halokatiga relsdagi nuqson sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda, deb yozadi “TASS”.
Times of India qayd etishicha, ushbu halokat mamlakatda olti yil ichida sodir bo‘lgan eng jiddiysidir. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar poyezd xarobalari ostidan 120 kishining jasadini chiqarib olgan.
Ekspertlar fikricha, halokatga yozgi va qishki harorat o‘rtasidagi farq natijasida relsga shikast yetgani sabab bo‘lgan. Halokat sabablari haqidagi rasmiy e’lonni keyinroq maxsus komissiya o‘qib eshittiradi.
2 ming kishini olib ketayotgan 23 vagondan iborat Indor—Patna tezyurar poyezdi Kanpur shahridan 100 km masofada Puxrayan stansiyasi hududida 20-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:30 halokatga uchradi.
Izoh (0)