AQSh prezidenti Barak Obama 19-noyabr, shanba kuni XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvda Xitoyni iqtisodiy islohotlar o‘tkazish va moliyaviy tizimlarni mustahkamlashga chaqirdi. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Prezident Xitoyni ichki ehtiyojga asoslangan barqaror iqtisodiy modelga o‘tishga yordam beruvchi islohotlarni o‘tkazishga chaqirdi. Barak Obama, shuningdek, ishlab chiqarish sohasidagi ortiqcha kuch muammosini hal qilish muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Obamaning fikricha, mamlakatlar ularning kompaniyalari bir xil qoidalar bo‘yicha faoliyat yuritib, o‘zaro raqobatlashganda, shuningdek, hududiy va dengiz muammolari tinchlik yo‘li bilan hal etilganda, davlat kiberhudud me’yorlariga rioya etishga mas’uliyat bilan yondashganda va inson huquqlari hurmat qilinganda ko‘proq taraqqiyotga erishadi.
Izoh (0)