AQSh Milliy razvedkasi direktori Jeyms Klepper iste’foga chiqish haqida ariza yozganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. O‘z lavozimini olti yil davomida egallab kelayotgan Klepper so‘nggi oylarda Rossiyani xakerlik hujumlarida ayblagan edi.
Klepperning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z vazifasini tark etishiga yana 64 kun vaqt qoldi. 75 yoshli Klepper razvedka sohasida jami 50 yilga yaqin xizmat qilgan.
The Washington Post yozishicha, u AQSh maxsus xizmatlarining prezidentlik saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvini tekshirish bo‘yicha ishini muvofiqlashtirgan. Sentabr boshida Klepper Demokratik partiya yetakchilarining elektron pochta qutilariga xakerlik hujumlari ruslar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
Izoh (0)