Novosibirskdagi “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat markazi tomonidan ishlab chiqilgan Ebola bezgagiga qarshi vaksina klinik sinovining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tmoqda va 8-dekabrda yakunlanishi kerak. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz 8-dekabrda ikkinchi bosqichni yakunlab, shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etishimiz lozim. Hammasi rejalashtirilgandek ketyapti, natija a’lo darajada deyish mumkin”,— deya ta’kidladi Popova.
Rossiyada Ebolaga qarshi vaksina klinik sinovlarining birinchi bosqichi joriy yil iyunida tugagan va 8-sentabrda ikkinchi bosqich boshlangandi.
Ma’lumot uchun, G‘arbiy Afrikada avj olgan Ebola bezgagi qurbonlari soni 11 ming kishidan oshib ketdi, 28 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan. O‘lim holatlarining aksariyati Liberiya, Syerra-Leone va Gvineyada kuzatilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)