Volgograd shahrida yosh ayol plastik operatsiya chog‘ida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasi vakili Nataliya Kunitskaya ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Volgogradning Markaziy tumanidagi tibbiy kosmetologiya klinikasida operatsiya chog‘ida 23 yoshli mijoz vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ‘Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan va ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga olib kelgan xizmatlar ko‘rsatish’ moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi”, — deya ta’kidladi Kunitskaya.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida mijozga turli dori preparatlari kiritila boshlangan. Shunday ukollardan birini olgandan so‘ng ayolda talvasa boshlandi. Chaqirilgan tez tibbiy yordam shifokorlarining urinishlari ham naf bermadi va mijoz operatsiya stolida olamdan o‘tdi.
Ayolning jasadi sud-tibbiy ekspertizaga jo‘natilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)