Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov, “Admiral Kuznetsov” kreyseri aviaqanotidagi Su-33 qiruvchilari Suriyaning Idlib provinsiyasida kamida 30 nafar jangarini yo‘q qilganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“O‘tgan seshanba kuni yalpi olovli hujum chog‘ida ‘Jibhat an-Nusra’ jangarilariga jiddiy zarar yetkazildi. ‘Admiral Kuznetsov’ kreyseri aviaqanoti tarkibidagi Su-33 qiruvchilari tomonidan berilgan zarbalar natijasida Idlib provinsiyasida ‘Jibhat an-Nusra’ guruhining yirik qismi yo‘q qilindi”, — dedi Konashenkov.
Mudofaa vazirligi vakili, shuningdek, kamida 30 nafar terrorchining o‘limini razvedka ham tasdiqlaganini ta’kidladi. Ular orasida taniqli dala qo‘mondonlari Muhammad Hilol, Abu Jabar Xarmuja va Abul Baha Al-Asfariy ham bor.
Izoh (0)