Tehron atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi poytaxtdagi barcha bolalar bog‘chalari, maktablar va institutlarni havoning yuqori darajada ifloslanganligi sababli yopishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda boshqarma bosh direktori Nosir Mehrdodiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Eron poytaxtida uchinchi kundan beri o‘rta o‘quv yurtlari berkitilgan. Havodagi qattiq zarralar miqdori me’yordagidan uch marotaba oshib ketgani bildirilmoqda. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Tehronda 22-oktabrdan beri ekologik muammolar tufayli 412 kishi vafot etdi. Poytaxtning ekologik vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lgan tumanlarida faqat o‘sha hududda qayd etilgan avtomobillar harakatlanishiga ruxsat berilgan.
Tehron ekologiya nuqtai nazaridan yashash nomaqbul bo‘lgan dunyo shaharlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Bu ko‘p jihatdan 12 millionli megapolis “tabiiy shamollash”ni yo‘qqa chiqaradigan chuqurlikda joylashgani bilan ham bog‘liq.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)