Moldova prezidenti saylovida Yevropa tarafdorlarining yagona nomzodi sifatida ishtirok etib, Igor Dodondan mag‘lub bo‘lgan Mayya Sandu saylov natijalarini shubha ostiga olishni maqsad qilmoqda. Uning fikricha, saylov jarayoni qonunbuzarliklar bilan o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Saylov jarayonida qonun buzilganini tasdiqlovchi ko‘plab dalillar mavjud, bu esa saylovning dastlabki natijalarini shubha ostiga qo‘yish uchun yetarlidir. Biz bu natijaga ishonmaymiz va adolat qaror topishi uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz”, — deyiladi Sanduning bayonotida.
Siyosatchining ta’kidlashicha, Moldova davlat idoralari erkin va adolatli saylovni ta’minlab bera olmadi.
Izoh (0)