Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov Xalq kengashiga o‘z hukumatining iste’fosi haqidagi talabnomani kiritdi. Bu haqda, Bolgariya milliy televideniyesiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ilgariroq Borisov uning partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod — Setska Sacheva saylovda g‘alaba qozona olmaganidan so‘ng iste’foga chiqishi haqida ma’lum qilgan edi.
Parlamentga yo‘llangan maktubda hukumat yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z vazifalarini bajarib turishi bildirildi.
Izoh (0)