AQShning yangi ma’muriyati Suriya va Iroqda IShID guruhiga qarshi kurash bo‘yicha “kampaniyani davom ettirishi” kerak. Bunday fikrni AQShning amaldagi mudofaa vaziri Eshton Karter CBC telekanaliga bergan intervyusida bildirdi, deb yozadi “TASS”.
“Iroq va Suriyada IShIDni batamom yo‘q qilish. Ular (jangarilar) qayerda, jumladan, Liviya va Afg‘onistonda, paydo bo‘lmasin, ularga zarbalar berishda davom etish. Va eng muhimi fuqarolarimiz va xalqimizni himoya qilish, bu nafaqat harbiylar, balki razvedka tuzilmalari, huquq-tartibot organlari va milliy xavfsizlik xizmatlari uchun ham vazifadir”, — dedi Pentagon rahbari.
Uning ta’kidlashicha, ayni paytda AQSh tomonidan tayyorlangan mahalliy kuchlar IShID o‘z qo‘l ostida tutib turgan Mosul shahrini o‘rab olgan. Xuddi shunday taktika Suriyadagi IShID poytaxti Rakkani ozod qilishda ham qo‘llaniladi.
Izoh (0)