Xitoy 10-noyabr kuni 7:42 da (Toshkent vaqti bilan 04:42 da) Szyusyuan kosmodromidan radionurlanishning impuls manbalarini aniqlash uchun sinov sun’iy yo‘ldoshini uchirdi, deb yozadi “TASS”.
Sun’iy yo‘ldosh, “Sinxua” agentligi yozishicha, orbitaga “Chanchjen-11” eltuvchi raketasi yordamida chiqarilgan.
Sun’iy yo‘ldoshning faoliyati davomida uning radionurlanishning impuls manbalarini tutib olish qobiliyati va koinot sharoitlariga moslashuvchanligi tekshiriladi.
Izoh (0)