Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining Turkiyadagi vaziyat yuzasidan bayonotlari nomaqbul va Anqara uchun qadr-qimmatga ega emas. Bunday fikrni Turkiya tashqi ishlar vazirligi bildirdi, deb yozadi “TASS”.
“Afsuski, Yevroittifoq Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash masalalaridagi xavotirini tushunmaslikda davom etmoqda. Yevroittifoq shuni tushunishi kerakki, u faqat Turkiyadagi teraktlarni qoralash bilan cheklanib, ushbu masalalardagi o‘z majburiyatlarini bajarishdan qocha olmaydi”, — deyiladi Turkiya TIV bayonotida.
Vazirlik “Yevroittifoq Turkiya xalqi ko‘z o‘ngida terrorizmga qarshi kurash masalasida o‘ziga bildirilgan ishonchni yo‘qotganini aytdi. Tashkilot Kurdiston ishchilar partiyasini ochiqdan-ochiq qurol tashlashga chaqirmasligi, uning a’zolariga bemalol ko‘chib yurish uchun ruxsat berib qo‘ygani, Turkiyaga qarshi targ‘ibotga qarshilik ko‘rsatmasligi aytib o‘tildi.
Avvalroq Mogerini butun Yevroittifoq nomidan Turkiyadagi so‘nggi hodisalar, shu jumladan o‘lim jazosini qayta tiklash masalasi va ko‘plab jurnalistlarning hibsga olinishi Yevroittifoqda o‘ta kuchli xavotir uyg‘otayotganini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)