Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi aviaqatnov 8-noyabrdan keyin to‘xtatilmaydi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“Rossiya transport vazirligida 7-noyabr kuni Rossiya va Tojikiston aviatsiya ma’murlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi, natijada mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovini saqlab qolish va rivojlantirish haqida qaror qabul qilindi”, — deya ma’lum qildi Rossiya muassasasi matbuot xizmati.
Tomonlar Rossiya aviakompaniyalarining Tojikistonga Podmoskovyedagi yangi “Jukovskiy” aeroportidan amalga oshiriladigan parvozlarni kelishib olishga erishdi.
Avvalroq Rossiya transport vazirligi Rossiya bir tomonlama tartibda Tojikiston bilan aviaqatnovni 8-noyabrdan to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Bunga Tojikiston hukumatining rossiyalik tashuvchilarning respublikaga “Jukovskiy” aeroportidan amalga oshiriladigan parvozlarini kelishib olishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.
Tojikiston ma’murlari “Jukovskiy” Moskva aviatsiya tuguni aeroporti hisoblanishi, demak undan amalga oshiriladigan xalqaro reyslar parvozlar amalga oshirilishining paritet shartlarini ko‘zda tutuvchi hukumatlararo bitimlar bilan cheklanishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Rossiya transport vazirligi esa hukumat qarori bilan “Jukovskiy” mintaqaviy aeroport sifatida belgilanganini da’vo qilib, Tojikistonning uning maqomini o‘zboshimchalik bilan belgilashga urinishini “Rossiya hukumati suverenitetini o‘z hududida buzish” deya baholadi.
Izoh (0)