Iroq federal politsiyasi Mosuldan janubda IShID guruhi jangarilari qo‘lidan halok bo‘lgan iroqlik aholi yoppasiga ko‘milgan qabristonni aniqladi, deb yozadi “TASS” As Sumaria telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremistlar tomonidan boshlari tanidan judo qilingan 100 dan ortiq iroqlik hukumat kuchlari jangarilardan tortib olgan Xamam-al-Alil aholi punktida topilgan. Qurbonlarning shaxslari aniqlanmoqda.
Respublika politsiyasi qo‘mondoni Raid Shokir ma’lum qilishicha, harbiylar Mosul xalqaro aeroportiga 5 km masofada yaqinlashgan va hujum qilishda davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)