Saudiya Arabistoni rasmiylari Eron ishlab chiqarish hajmini cheklashga ko‘nmasa, neft qazib olishni ko‘paytirishi va xomashyo narxini pasaytirib yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda 28—29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan OPEK uchrashuvi bahslaridan xabardor manbalarga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Saudiyaliklar o‘zlarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sutkasiga 11—12 million barrelgacha ko‘tarish, narxni pasaytirib yuborish va yig‘ilishni tark etish bilan tahdid qildi”, — deya ta’kidlagan manbalardan biri.
Oxir-oqibat uchrashuvning boshqa qatnashchilari Ar-Riyod vakillarini nuqtai nazarlarini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Saudiya Arabistoni delegatlari Eron vakillari qazib olish hajmini cheklashni istamasliklarini bildirganidan so‘ng shunday bayonot berdi.
Izoh (0)