Ikki politsiyachini o‘ldirishda ayblov e’lon qilingan Ayova shtati fuqarosiga nisbatan 10 million dollar garov puli belgilandi. Ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Uilyam Prays shunday qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gap shu hafta seshanba kuni qo‘lga olingan Urbandeyl shahrida istiqomat qiluvchi 46 yoshli Skott Maykl Grin haqida ketmoqda. Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, garov puli to‘lanmagan, shu sababli ayblanuvchi hozir ham hibsda saqlanmoqda. U aybini tan olgan taqdirda muddatidan avval ozod etilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Mazkur ish yuzasidan kelgusi eshituvlar ikki haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)