Ekstremistik guruhlar jangarilari 4-noyabr, juma kuni tinch aholiga Suriyaning Aleppo shahri sharqiy dahalarini tark etishga qo‘ymadi, deb yozadi “TASS” SANA agentligiga tayanib. Radikallar odamlardan jonli qalqon sifatida foydalanmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sharqiy Aleppoda harakat qiluvchi “Haysh al-Fath” terrorchilik koalitsiyasi jangchilari Suriya harbiy kuchlari tomonidan e’lon qilingan gumanitar yarashuv muddati tugashiga bir necha soat qolganida fuqaro shaxslarning shaharni tark etishga urinishlari oldini oldi.
Tinch aholi erkin o‘tishi, kasallar va yaralanganlar evakuatsiya qilinishi, shuningdek, Aleppo sharqiy tumanlaridan jangarilarni chiqarib yuborish uchun joriy etiladigan gumanitar tanaffus mahalliy vaqt bilan 9:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 12:00—22:00) amal qiladi.
Izoh (0)