Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

4-noyabr, juma kuni Iroq shimolida yuz bergan portlashda 12 nafar tinch aholi, shu jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Politsiya polkovnigi Fatah Hasan bergan ma’lumotga ko‘ra, iroqliklar IShID terrorchilik guruhi nazorati ostidagi Havij shahridan qochib ketayotgan bo‘lgan.

Ular yo‘lda politsiya avtomobiliga chiqib olgan, u esa portlab ketgan. Halok bo‘lganlar orasida bir politsiyachi ham bor.

Politsiya versiyalaridan biriga ko‘ra, avtomobilga jangarilar oldindan mina o‘rnatib qo‘ygan. Shuningdek, portlovchi qurilma yo‘lovchilarning sumkalariga terrorchilar tomonidan solib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida 5 yoshli bola kanalda oqib ketdi
Sport
“Yuventus” Superliga loyihasidan chiqishini e’lon qildi. Klubga UEFA bosim qilgani aytilmoqda