IShID Turkiyaning Diyorbakir shahridagi portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda Amaq agentligi manbalariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Oldinroq Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim hujum uchun javobgarlikni kurd jangarilari zimmasiga yuklagandi. Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, portlash tufayli uni uyushtirishda gumon qilingan Kurdiston ishchi partiyasi a’zosi ham halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Diyorbakirda minalashtirilgan avtomobil portlatilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 100 kishi yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)