Klinton oilasi fondi (Clinton Foundation) qoidalarga xilof ravishda Qatar rasmiylaridan 1 million dollar olinganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qatar vakillari 1 million dollar uchun chekni Bill Klintonga 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan shaxsan topshirish niyatida bo‘lgan. Fondning rasmiy vakili Brayan Kukstraning Reuters agentligiga bildirishicha, ushbu mablag‘ jamg‘arma tomonidan olingan. U Qatar mansabdorlari Bill Klinton bilan uchrashgan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.
AQSh Davlat departamenti, o‘z navbatida, fond pullar olingani haqida ogohlantirmaganini bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar Clinton Foundation uchun oxirgi yillarda jami 1 dan 5 million dollargacha xayriya qilgan.
Izoh (0)