Indoneziya prezidenti Joko Vidodoning 6—7-noyabr kunlariga rejalashtirilgan Avstraliyaga tashrifi mamlakat poytaxtidagi tartibsizliklar sababli qoldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jakartadagi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 50 mingdan 200 minggacha odam qatnashgan norozilik namoyishi poytaxt gubernatori Basuki Chaxaya Purnamaga qarshi qaratilgandi. Kelib chiqishi xitoylik, dini nasroniylik bo‘lgan mansabdor islomga nisbatan tahqiromuz fikr bildirishda ayblandi.
Mamlakat OAVlariga ko‘ra, 5-noyabr, shanba kuni poytaxtdagi vaziyat izga tushdi, jamoat transporti ishi to‘liq tiklandi. Prezident Vidodo gubernatorning aytganlari “tezda va sinchiklab o‘rganilishi”ni va’da qildi.
Ma’lumot uchun, aholisi 250 million kishi bo‘lgan Indoneziya fuqarolarining 88 foizi islom diniga e’tiqod qiladi.
Izoh (0)