Afg‘oniston sharqidagi Bati-Kot tumani rahbari avtomobili 5-noyabr, shanba kuni minaga duch kelib, portlab ketdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “TASS”.
Mansabdorning matbuot kotibiga ko‘ra, tuman rahbari xizmatga ketayotganida yo‘l chetida bomba portladi. Avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi, mansabdor va uning tansoqchisi yaralandi.
Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi. Hozircha hech bir guruh mazkur terakt bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)